Jahon | 00:44 / 22.07.2019
9231
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh delegatsiyasi Suriya atrofidagi vaziyatni muhokama qilgani Turkiyaga yetib keldi

AQShning Suriya bo‘yicha vakili Jyeyms Jyeffri boshchiligidagi delegatsiya 21 iyulda Anqaraga yetib keldi. AQSh delegatsiyasi 22-23 iyul kunlari Turkiya hukumati bilan Suriya atrofidagi vaziyatni muhokama qiladi.

Jyeffri Turkiyaning yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslari bilan “Suriyadagi vaziyat bo‘yicha o‘zaro manfaatli masalalarni, jumladan Turkiya xavfsizligi muammolarini hal qilish, BMTning Suriyadagi ixtilofni tartibga solish bo‘yicha rezolyutsiyasi bajarilishi hamda IShIDga qarshi kurashni muhokama qiladi.

Turkiya milliy mudofaa vazirligi 12 iyulda Anqara va Vashington Suriyada xavfsizlik hududini yaratishni muhokama qilmoqchiligini ma'lum qilgandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yanvar oyida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralardan keyin Suriya shimolida bufer hududi yaratilmoqchiligini tasdiqlagan. U ta'kidlaganidek, Anqara quruqlikda, AQSh tomoni esa havoda xavfsizlikni ta'minlashga tayyor. Keyinroq Turkiya prezidenti rasmiy vakili bufer hududi tashkil etilsa, uning ustidan nazorat Turkiya tomonidan amalga oshirilishini ta'kidlab o‘tgan.

Mavzuga oid