Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan dam olish kunlari qancha fuqaroga xizmat ko‘rsatildi?
Respublika aholisiga qulaylik yaratish maqsadida, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlarida biometrik pasport hamda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish yuzasidan hujjat topshirish uchun fuqarolarni qabul qilish va tayyor biometrik pasportlarni egalariga tarqatish yuzasidan haftaning dam olish kunlari ham soat 8:00 dan 20:00 gacha qabul qilish joriy etilganligi e'lon qilingan edi.
Respublika ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan joriy yilning 20 iyul shanba kuni 5066 nafar fuqarolardan biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish yuzasidan hujjatlar qabul qilindi. Shuningdek, 4807 nafar fuqarolarga biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlari topshirildi.
21 iyul yakshanba kuni esa 528 nafar fuqarolardan biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish yuzasidan hujjatlar qabul qilinib, 1982 nafar fuqarolarga biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlari topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, ish kunlaridan tashqari dam olish kunlari xizmat ko‘rsatish kelgusi haftalarda ham davom ettirilishini O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi ma'lum qiladi.
Mavzuga oid
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
18:21 / 13.08.2024