O‘zbekiston | 11:29 / 22.07.2019
5045
2 daqiqa o‘qiladi

Poytaxtdagi ikkita bog‘cha negizida eksperimental maydonchalar tashkil etiladi

Foto: marifat.uz

Hukumatning Maktabgacha ta'lim sohasiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun eksperimental maydonchalarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan:

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 324-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti;

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 34-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti negizida doimiy ishlaydigan eksperimental maydonchalar tashkil etilishi belgilandi.

Eksperimental maydonchalarning asosiy vazifasi maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim va tarbiya berishni tashkil etish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani jalb etish orqali respublikada maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar belgilandi:

eksperimental maktabgacha ta'lim tashkiloti Maktabgacha ta'lim vazirligiga idoraviy mansub muassasa hisoblanadi;

mazkur tashkilotlarning mudirlari maktabgacha ta'lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;

ushbu tashkilotlarda ishlash uchun malakali mutaxassislar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar jalb etiladi;

mazkur tashkilotlarga bolalarni qabul qilish tashkilot ustaviga muvofiq amalga oshiriladi;

tashkilotda ishlash uchun jalb etilgan xorijiy mutaxassislarning ish haqi miqdori maktabgacha ta'lim vaziri tomonidan Maktabgacha ta'limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga belgilanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid