Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volvo dvigateldagi nosozlik bois butun dunyo bo‘yicha 500 mingdan ortiq avtomobilini qaytarib oladi
Volvo konserni dvigatelining yonib ketish xavfi bois butun dunyo bo‘yicha 507 mingta avtomobilini qaytarib oladi. Bu haqda Local nashri xabar berdi.
Nashrning axborot berishicha, bu avtomobillarning o‘tkazuv quvuri plastikdan yasalgan va harorat o‘zgarishi sababli erishi mumkin.
"Bu bir necha holatlarda avtomobilda yong‘in yuzaga kelishiga olib kelgan", - deya Volvo vakili Stefan Elfstryomning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda nashr.
Gap 2014-2019 yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan V40, V60, V70, S80, XC60 va XC90 avtomobillari haqida bormoqda.
Avvalroq Volvo yonilg‘i uzatish tizimidagi nosozlik tufayli 200 mingdan ortiq va yukxona qopqog‘idagi elektr uzatgich nosozligi bois 167 mingta mashinasini qaytarib olgandi.
Mavzuga oid
07:43 / 26.01.2026
Dunyoda birinchi bor: Gemini asosidagi ilk elektromobil taqdim etildi
11:29 / 23.12.2025
Centrum Air samolyotidagi nosozlik tufayli yo‘lovchilar bir sutka Qozon aeroportida qolib ketdi
12:22 / 11.11.2024
«O‘zbekiston» metro bekatida harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi
20:52 / 05.09.2024