Joriy yilning 11 noyabr kuni soat 08:48 da «Özbekiston» bekatidan harakatlanişi lozim bölgan harakat tarkibida texnik jihatdan nosozlik holati kuzatilgan. 

Şu boisdan ham yölovçilar va harakat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida elektropoyezd maşinisti tomonidan barça yölovçilar bekatga tuşirilgan hamda yuzaga kelgan nosozlikni aniqlaş va bartaraf etiş maqsadida bu harakat tarkibi tekşiruv yölagi tomon harakatlantirilgan. 

Şundan söng, oradan 3 daqiqa vaqt ötib, ortdan kelgan harakat tarkibi bekatdagi yölovçilarni manzillari tomon olib ketgan.

Hozirgi vaqtda yönalişdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda, deyiladi xabarda.