Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Britaniyaning Fors ko‘rfaziga atom suv osti kemasi yuborish rejasidan xabar topdi
Britaniya hukumati Eron tomonidan Hurmuz bo‘g‘ozida Britaniyaga qarashli Stena Impero tankeri ushlanganidan keyin Fors ko‘rfaziga atom suv osti kemasi yuborishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, u yerga dengiz piyoda qo‘shinlari otryadlarini tashlash ham muhokama qilinmoqda.
The Sun britan nashrining manbalarga tayanib yozishicha, qanotli va kemalarga qarshi raketalarni tashiy oladigan suv osti kemasi “tankerlarni kuzatib borish uchun ma'lumotlar to‘plash” bilan shug‘ullanadi.
Qo‘shinlar esa kemalarda joylashtirilishi yoki kemalarni qo‘riqlab borish uchun qo‘llanishi mumkin.
Londonda ta'kidlanishicha, Tehron bilan mojaroni avj oldirish istalmayapti, biroq uni bosib turish va qo‘rqitish uchun choralar qabul qilinmoqchi.
Tanker 19 iyulda Islom inqilobi soqchilari korpusi harbiylari tomonidan ushlangan. Uning bortida 23 kishi bo‘lgan. Tehronda ta'kidlanishicha, tanker ekipaji a'zolari sog‘-salomat.
Mavzuga oid
22:12
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:21