Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimi takomillashtiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va “Hunarmand” uyushmasining O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 5 ta muhim tashabbusining 5-yo‘nalishini amaliyotga tatbiq etish xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Quyidagilar:
2019 yilda ishsiz xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
2019 yilda ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlash bo‘yicha yo‘nalishlar kesimidagi taqsimot;
2019 yil davomida xotin-qizlar uchun davlat dasturi asosida yaratiladigan qo‘shimcha ish o‘rinlarining yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti;
2019 yilda Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va tadbirkorlarning mablag‘lari hisobidan o‘z tadbirkorligini tashkil etadigan xotin-qizlarning tuman (shahar) kesimidagi asosiy parametrlari;
2019 yilda “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan tashkil etiladigan tikuv-trikotaj majmualarida kam ta'minlangan xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash rejasi tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda muvofiq viloyatda ishsiz xotin-qizlarning o‘z vaqtida bandligini ta'minlash choralarini ko‘radi.
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida hunarmandchilik va ipakchilik klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash hamda shu maqsadda mahallalar qoshida hunarmandchilik va ipakchilikka ixtisoslashgan yengil konstruksiyali sexlarni tashkil etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlaydi.
Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari:
yangidan tashkil etiladigan hunarmandchilik va ipakchilik klasteri korxonalarida klaster tizimini to‘liq o‘z ichiga olgan jarayonni tashkil etish, yangi tutzorlarni tashkil etish uchun paxtadan qisqartirilgan yerlardan 100 gektardan kam bo‘lmagan yer maydonlari ajratilishini ta'minlaydi;
zamonaviy pilla yetishtirish inshootlarini qurish uchun tumandagi korxona va tashkilotlarning bo‘sh turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan hamda qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlardan belgilangan tartibda ajratilishini ta'minlaydi;
davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari bilan birgalikda dasturga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirilishining aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
viloyatda tashkil etilgan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” orqali xotin-qizlarni, ayniqsa, qiyin ahvolga tushgan ayollarni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar bo‘yicha qayta tayyorlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan ayollarni o‘qitish dasturini ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025