Sönggi kunlarda viloyatlarda buziliş işlari hamda hokimiyat va huquq-tartibot organlarining bu bilan boğliq xatti-harakatlari jamoatçilik diqqat markazida bölib turibdi.

Ğalati işlar bölyapti-da, çindan ham.

Körib çiqamiz. Ğijduvon tumani prokurori tuman dehqon bozorida qariyb 13 yildan buyon foydalanib kelgan dökonlari buzilayotgani va evaziga yetarli kompensatsiya tölanmaganidan yozğirayotgan tadbirkorlar huzuriga kelgan viloyat biznes ombudsmanini tanimasdan «NeGA XALQNI KÖTARYaPSIZ?» deb, tuman IIB boşliğiga «obor buni», deyapti.

Yakkaboğda tuman mutasaddilari içki işlar xodimlari qurşovida turib kompensatsiya tölovlarisiz imorati buzilayotgan tadbirkorning qariya otasiga qarab «NeGA XALQNI KÖTARYaPSIZ?» deb baqirişyapti.

Xöş, bu bilan ular xalq kötarilişiga sabab bor deyişmoqçimi?

Muşohada qilaylik: mahalliy hokimliklar prezident va hukumat qarorlarini mensimasdan, xalqning köçmas mulkka bölgan huquqini poymol qilib, ularni rozi qilmasdan, prokuratura va içki işlar organlari orqasiga biqinib olgani uçun ham xalq norozi bölmayaptimi?!

Xalq tölayotgan soliqlar evaziga maoş olib, forma kiyib, yana öşa xalqning tarafini oliş örniga, ularni tepib ezğilayotgan prokuratura va içki işlar organlarining loqaydliklari va öz kasbiga xiyonat qilayotganidan xalq norozi bölmayaptimi?!

Axir qurbaqani bossangiz ham «vaq-q» etgan ovoz çiqadi! Ammo bular — inson-ku?!

Ğijduvonda yana bir qiziq holat guvohi böldim: tuman IIB boşliğining e'tiborini öziga qaratişni istagan keksa onaxon uning bilagidan tutmoqda. IIB boşliği esa öşqiryapti: «Tegmang formamga! Formani menga davlat bergan! Tegmang formamga! Haqqingiz yöq!!! Tegmang formamga! Tegmang formamga! Tegmang formamga! Tegmang formamga! Tegmang formamga! Tegmang formamga! Tegmang formamga!!!». Onaxon angraygança nariroqda qolib ketgan bölsa-da…

Qaşqadaryoning Kasbisida kun issiğida fermerlarga seminar ötib, jaziramada odamlarning qöliga kişan solib, avtobusga qamatgan tuman IIB boşliği-çi? Fermerlarni urgani uçun