Inson bir kunlik faoliyati davomida örtaça 1-1,5 kg çiqindi hosil qiladi. Qutiga taşlanganidan keyin xotiradan mutlaqo çiqib ketadigan oddiy baklajkaning keyingi taqdiri nima keçadi?

Çiqindi yöqolib ketmaydi, şunçaki «dafn qilinadi»

Qutiga taşlangan çiqindi öz manziliga yetguniça uç bosqiçni bosib ötadi. Har bir xonadondan çiqqan çiqindilar dastlabki yiğiş punktlarida, ya'ni kvartal va mahallalardagi çiqindixonlarda töplanadi. «Maxsustrans» maşinalari ularni yiğib, qayta yuklaş stansiyalariga olib boradi. Toşkent şahridagi uçta ─ Yunusobod, Yakkasaroy va Yaşnobod tumanlarida qayta yuklaş stansiyalarida ulkan konteynerlarga ziçlab joylaştirilgaç, ular oxirgi manzil ─ Ohangaron poligoniga olib kelinadi. Çiqindilar uyumi soat sayin kötarilib, Yer sayyorasini qamrab olayotganini bu yerda qisman his qiliş mumkin. Poligondan videoreportaj tayyorlagan Kun.uz xodimlari bunga bevosita guvoh bölişdi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi ma'lumotlariga köra, Toşkent şahridan olib çiqiladigan çiqindilar joylaştiriladigan Ohangaron poligonining hududi 59 gektar bölib, ötgan asrning 70-yillaridan beri faoliyat yuritadi. Mazkur poligon hududi 98 foizga çiqindi bilan tölib bölgan. Bir kunda Toşkent şahrining özidan 2000 tonnagaça çiqindi olib çiqiladi. Bu poligonga respublikaning boşqa hududlariga qaraganda ança katta hajmda çiqindi olib kelinsa ham, iş jarayoni ança primitiv tarzda olib boriladi.

Çiqindilarni qayta yuklaş va utilizatsiya qiliş DUK uçastka boşliği Abdusabid Nişonboyev poligonga keladigan çiqindilarning taqdiri bilan taniştirdi. «Bu yerga olib kelingan çiqindilar törtta katta qismga bölingan maydonlarga navbati bilan joylaştiriladi. Çiqindi tökiladi, mexanizatorlar buldozerlar orqali ularni surib, 2,5 metr qalinlikda yoyib çiqadi, ustidan tuproq bilan yopilib, rekultivatsiya qilinadi. Şu tarzda keyingi navbatdagi maydonga ötiladi», ─ deydi u.

Abdusabid Nişonboyev

Ekologiya qömitasining çiqindilar bilan işlaş sohasida işlarni muvofiqlaştiriş va taşkil etiş boşqarmasi boşliği Umarjon Abdullayev respublika böyiça mavjud poligonlar holati haqida ma'lumot berdi.