Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenkoning bir kun avval so‘roq qilinish iltimosi rad etildi
Ukraina davlat tergovlar byurosi direktori Roman Trubaning xabar qilishicha, 25 iyulga so‘roqqa chaqirtirilgan sobiq prezident Pyotr Poroshenko 24 iyulda byuroga kelib, bir kun avval so‘roq qilinishini iltimos qilgan.
“Sobiq prezident uzoq muddatli ta'tilga ketishi munosabati bilan uning so‘roq qilinishi 25 iyulda emas, bugun o‘tkazilishi iltimosi bilan murojaat qildi”, deb yozgan Truba telegram-kanalda.
U guvohlar vaqtini hurmat qilishini va sobiq prezidentning saylov kampaniyasi vaqtida bandligiga tushunish bilan qarashini, biroq Poroshenko ham tushunish bilan qarashiga va 25 iyulda so‘roqqa kelishiga umid qilishini aytgan.
Truba Poroshenkoning advokatlari tergovchi bilan bog‘lanib, so‘roq sanasi bo‘yicha u bilan kelishib olishlari mumkin bo‘lganini, buning uchun Poroshenko byuro direktori oldiga kelishi shartmasligini ta'kidlab o‘tgan. U, shuningdek, kim qachon so‘roq qilinishi bo‘yicha ko‘rsatma bermasligini aytgan.
Mavzuga oid
10:30 / 18.11.2025
Poroshenko Ukraina hukumatining butun tarkibini iste’foga chiqarishni talab qildi
20:46 / 15.04.2025
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
14:50 / 27.02.2025
IIBdan yana o‘lik chiqdi: Uzundagi qotillik ishi doirasida so‘roqqa olib ketilgan fermer vafot etdi
10:07 / 09.05.2024