Surxondaryoda bir oilaning uç a’zosi öldirib ketilgan qotillik jinoyati tergovi jarayonida şu hududdagi köplab erkaklar söroq uçun Uzun tumani IIB binosiga olib borilgan. Şular qatorida bölgan 50 yoşli fermer ham xodimlar tomonidan uyidan olib ketilgan. U IIB binosida 2 kun saqlangan va 25 fevral kuni «yurak xurujidan» vafot etgan. Marhumning yaqinlari tanada qiynoq izlari borligini, jinoyatni uning böyniga qöymoqçi bölgan bölişlari mumkinligini aytmoqda.

Joriy yil 15 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida mudhiş qotillik yuz bergani xabar qilingan edi: noma’lum şaxslar ona va uning ikki farzandini öldirib, jinoyatni yaşiriş uçun uyiga öt qöygan. 10 kundan köproq vaqt ötganiga qaramay tezkor-tergov guruhi jinoyatçilarni foş etolgani yöq.

Kun.uz ixtiyoriga kelib tuşgan ma’lumotlarga köra, tergov doirasida olib ketilgan 50 yoşli fuqaro Tohir Hayitov IIB binosida vafot etgan.

Yaqinlarining Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, marhum qotillik sodir bölgan mahallada yaşagan va tumandagi «Abdusalim Barlos» fermer xöjaligi rahbari bölgan. IIB xodimlari Uzundagi qotillik işi yuzasidan mahalladagi barça erkaklar qatori Tohir Hayitovni ham söroq uçun yaşab turgan uyidan olib çiqib ketgan.

«Uyimizni tintuv qilib, dadamizni olib ketişdi. Köpçilikni 3-4 soatda söroq qilib qöyib yuborişdi. Lekin dadamni 2 kun uşlab turişdi, tergov bölyapti deb oldiga kirgizişmadi. Ertasi kuni – 25 fevral ertalabda oldiga borsak, yurak xuruji bölib ölib qoldi, deyişdi. Dadam kasal emasdi, yurak bilan boğliq heç qanday muammosi yöq edi.

Jasadni ekspertiza qilişga bizni kiritişmadi ham, xabarimiz ham bölmadi. Kim bunday qilgan, nega? Heç kim izoh bermayapti. Dadamning qöllarida, yuzida va tanasida kökargan izlar bor. Qiynoq qöllangan va jinoyatni dadamning böyniga qöymoqçi bölişgan deb öylayapmiz. Dadam IIB binosida ölib qolgan.

Şu kunlarda jinoyatni tergov qilişda respublika işçi guruhidan kelganlar ham qatnaşgan ekan. Dadamning jasadini söraganimizda IIB xodimlari boşqa tuman ölikxonasida, dedi. Lekin u yerda emas ekan. Biz topib beringlar, deganimizdan keyin tuman hokimi kelib, yonimizdagi ölikxonada ekanini aytdi», - deydi marhumning öğli.

Hayitov Tohirning vafot etgani haqida tarmoqlarda tarqalgan