Iqtisodiyot | 09:45 / 26.07.2019
3627
3 daqiqa o‘qiladi

Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 85,8 trln so‘mdan oshiqroqni tashkil etdi 

Foto: KUN.UZ

2019 yil yanvar - iyun oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning hajmi 85,8 trln. so‘mdan oshiqroqni tashkil etgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan keskin o‘sish, ya'ni 58,9 %ga o‘sish kuzatildi. Bu haqda Davstatqo‘m xabar bermoqda.

Joriy davrda markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi o‘tgan yilning mos davridagi ulushiga nisbatan 11,6 % punktga ko‘payib, 31,2 %ni yoki 26 841,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

Mos ravishda markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 11,6 % punktga kamayib, 68,8 %ni yoki 58 933,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar ulushi salmoqli bo‘ldi – 16 844,2 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 19,7 %. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 10,4 % yoki 8 900,0 mlrd. so‘m o‘zlashtirildi. 

Joriy davrda o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi jadal o‘sib, 14 389,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2018 yilning mos davridagi jami asosiy kapitaldagi ulushiga nisbatan 5,1 % punktiga ko‘payib, 16,8 %ni tashkil etdi. 

Shuningdek, tijorat banklar kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 14 489,2 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 16,9 %ini tashkil etib, o‘tgan yil mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,7 %ga kamaydi), O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 13 737,8 mlrd. so‘m (16,0 % va 8,7 % punktiga ko‘payish), boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 4 310,7 mlrd. so‘m (5,0 % va 3,1 % punktiga ko‘payish), Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 5 414,3 (6,3 % va 0,2 % punktiga kamayish), Respublika budjeti 7 055,9 mlrd. so‘m (8,2 % va 2,6 % punktiga ko‘payish), Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi 604,6 mlrd. so‘m (0,7 %) va Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan esa 28,7 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. 

Mavzuga oid