Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozordagi savdo do‘konida yirik o‘g‘irlik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: KUN.UZ
2019 yil 25 iyul kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Qulama QFYda yashovchi 41 yoshli A.S. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Jizzax shahri Xalqobod mahallasi hududida joylashgan “Eski shahar buyum” bozoridagi unga tegishli savdo do‘koni eshigi qulfini buzib kirib, u yerdan 15 700 000 so‘m pullari, 2 dona “Samsung” mobil plansheti, fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jizzax shahar O‘ratepalik mahallasi N.Safarov ko‘chasida yashovchi 47 yoshli A.I. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:38 / 30.01.2026
Jizzaxda turizm majmualari tashkil etiladi, Arnasoy aeroporti kengaytiriladi
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
12:05 / 07.01.2026