Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB Sergelida bir kishining o‘limi bilan tugagan YTH haqida rasmiy ma'lumot berdi
Joriy yilning 26 iyul kuni soat 07:20da Sergeli tumani Birodarlik ko‘chasida “Kobalt” rusumli avtomobil haydovchisi 55 yoshli A.Z. 33 yoshli K.N. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, YTH natijasida “Neksiya” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 34 yoshli A.B. olgan tan shikastlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
“Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi 33 yoshli K.N. va uch nafar yo‘lovchi (25 yoshli Z.M., 30 yoshli P.R., 27 yoshli D.N.), “Kobalt” rusumli avtomobil haydovchisi 55 yoshli A.Z. va 55 yoshli yo‘lovchi M.K. tan shikastlari olishgan bo‘lib, tibbiy yordam uchun murojaat qilganlar.
YTH sababi: “Kobalt” rusumli avtomobil haydovchisi qarama-qarshi harakat yo‘liga chiqib ketgan.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026