O‘zbekistonda 1,5 milliondan ziyod bola bog‘chaga qamrab olinmagan
Bugun, 26 iyul kuni Oliy Majlis Senati Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining majlisida Maktabgacha ta'lim vazirligining shu yilning olti oyida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.
Anjumanda qayd etilishicha, hozirda O‘zbekistonda 9 ming 774ta maktabgacha ta'lim muassasasi mavjud bo‘lib, ulardagi 1 million nafardan ziyod bolalarga 81 mingdan ortiq pedagog xodim ta'lim-tarbiya berib kelmoqda. Pedagog xodimlarning aksariyati yoki qariyb 70 foizi o‘rta maxsus ma'lumotga ega bo‘lgani bois vazirlik tomonidan bolalar bog‘chalarini bosqichma-bosqich oliy ma'lumotli kadrlar bilan ta'minlab borish ishlari olib borilyapti. O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi «2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq vazirlik xodimlari uchun bakalavr bosqichining kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllariga jami 6400tadan ziyod kvotalar ajratildi.
Sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari 753ta, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi muassasalar 419ta, oilaviy bog‘chalar soni esa 2 ming 770taga yetdi. 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida 461ta maktabgacha ta'lim muassasasida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilyapti.
Tadbir davomida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 1,5 milliondan ortiq bola yoki ularning 60 foizi maktabgacha ta'lim muassasalariga jalb etilmay qolayotgani ta'kidlandi. Ayni vaqtda hududlarda 981ta mahallada maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etishga ehtiyoj borligi ham alohida aytib o‘tildi.
Mavzuga oid
17:53 / 01.08.2023
IIB xodimlari ma’ruza qilgan bog‘cha mas’ullari jazolandimi?
15:36 / 28.07.2023
Prezident Uchtepa tumanida bog‘cha bolalariga ma’ruza o‘qigan profilaktika inspektori voqeasiga to‘xtaldi
17:40 / 27.07.2023
Ta’limda bola psixologiyasi qay ahvolda? Psixologlar bilan suhbat
12:07 / 24.07.2023