Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda avtomashina yo‘l chetidagi beton simyog‘ochga kelib urildi. Ikki kishi halok bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida 2019 yil 24 iyul kuni soat 11:40larda Amudaryo tumanida yashovchi 33 yoshli I.D. boshqaruvidagi “VAZ-2107” rusumli avtomashinasini “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi beton simyog‘ochga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada avtomashinaning ikki nafar yo‘lovchisi jarohat olib voqea joyida vafot etgan hamda haydovchi I.D. va yana bir nafar yo‘lovchisi 19 yoshli A.A.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
20:10 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi YTH sodir etdi
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
18:42 / 13.04.2026