Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongdagi namoyishlar chog‘ida bir necha kishi jarohatlandi
Hongkong shimolida bo‘lib o‘tgan namoyishlar chog‘ida politsiya bilan to‘qnashuv yuz berishi oqibatida bir necha kishi jarohatlandi.
Mahalliy OAVning xabariga ko‘ra, Yuanlan rayonida politsiya taqiqlaganiga qaramasdan bir necha ming kishi namoyishga chiqqan. Namoyishchilar ekstraditsiya to‘g‘risidagi qonunga qarshi hamda jinoiy guruhlarning hujumlariga qarshi marsh uyushtirishgan. Mahalliy aholi va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berishi ehtimoli tufayli tartibni saqlash uchun rayonga 3 mingga yaqin politsiyachi jo‘natilgan.
South China Morning Post gazetasining yozishicha, politsiyachilar namoyishchilardan zudlik bilan tarqalishni so‘ragan. Namoyishchilar politsiya mikroavtobusi va yo‘l chetida turgan avtomobilni pachoqlashgan.
Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan.
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
15:06 / 04.05.2026
O‘zbekistonliklar Hongkongga vizani qanday olishlari mumkin?
07:40 / 25.03.2026