Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada MOMO-4 xususiy raketasi parvoz qilganidan so‘ng dengizga qulab tushdi
Yaponiyaning Interstellar Technologies kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilga MOMO-4 raketasi parvoz qilishi bilanoq dengizga qulab tushdi. Bu haqda kompaniya o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qildi.
Kompaniya ma'lumotiga ko‘ra, bort kompyuteridagi nosozlik bois raketaning dvigateli o‘chib qolgan.
«Raketa xavfsiz ravishda dengizga quladi», — deb xabar berdi kompaniya.
Interstellar Technologies — 1997 yildan buyon kosmik ishlanmalar bilan shug‘ullanib keluvchi xususiy kompaniya. Kompaniya 2017 yilda MOMO birinchi xususiy raketasini ishlab chiqargan, ammo uning parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlangandi.
MOMO-4 — kichik hajmli raketa bo‘lib, uzunligi 10 metr, diametri 50 sm.
Mavzuga oid
08:36 / 02.07.2026
Rossiyaning dron va raketa hujumlari iyun oyida qisqardi
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
10:35 / 22.06.2026