Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Alyaskada raketaga qarshi tizimning maxfiy sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQShning Alyaska shtatida "Xets-3" ("O‘q-3") raketaga qarshi tizimi maxfiy sinovi o‘tkazilganini ma'lum qildi.
"Keyingi bir necha hafta mobaynida "Xets-3"ni uch marta maxfiy sinovdan o‘tkazdik. Sinovlar AQShning Alyaskasida buyuk ittifoqchimiz – Qo‘shma Shtatlar bilan to‘liq hamkorlikda o‘tkazildi. Sinovlar muvaffaqiyatli o‘tdi", - deb yozdi Netanyaxu Twitter sahifasida.
"Xets-3" 100 km balandlikda 400-2500 km masofada havodagi nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Isroil mudofaa vazirligi bu tizimni AQSh raketaga qarshi mudofaa agentligi bilan hamkorlikda ishlab chiqargan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
08:36 / 02.07.2026
Rossiyaning dron va raketa hujumlari iyun oyida qisqardi
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026