Jahon | 11:15 / 28.07.2019
8417
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda sodir bo‘lgan otishmada 11 kishi jarohatlandi

Foto: AP Photo/Frank Franklin II

Nyu-Yorkning Bruklin rayonida sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi. Bu haqda New York Post gazetasi xabar berdi.

Avvalroq yetti kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi. Jarohatlanganlarning barchasi kasalxonaga yotqizilgan.

Gazetaning qayd etishicha, otishma bayram nishonlanayotgan vaqtda yuz bergan.

Hozirda politsiya otishma sodir etgan shaxsni qidirmoqda. Detektivlar voqea joyidan u tashlab ketgan qurolni topishgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid