Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela konstitutsion assambleyasi rahbari mamlakat AQSh bilan urushga tayyorligini bildirdi
Venesuela konstitutsion assambleyasi rahbari Dosdado Kabelo mamlakat Qo‘shma Shtatlar bilan "mutlaq urush"ga tayyorligini bildirdi.
"Biz bugun urushga tayyormiz va buni hech qanday kibrsiz aytyapmiz. Agarda ular buni istashsa, mutlaq urush vatanimiz va tinchligimiz himoyasi uchun xalqimizni birlashtiradi", - deya iqtibos keltirmoqda Kabeloning so‘zlaridan EFE agentligi.
Uning aytishicha, agarda Amerika harbiylari Venesuelaga bostirib kiradigan bo‘lsa, "ular uchun tirik qaytish muammoga aylanadi".
23 yanvarda muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo o‘zini prezident deb e'lon qilganidan so‘ng Venesuelada keskinlik kuchaydi. Uni AQSh va Yevropadagi qator davlatlar prezident deb tan oldi. Rossiya, Belarus, Boliviya, Eron, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Salvador, Suriya va Turkiya amaldagi prezident Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
09:13
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
17:53 / 08.06.2026
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
10:30 / 08.06.2026
AQSh poytaxtida o‘zbek tadbirkorlari uchun maxsus dastur ishga tushirildi
09:30 / 08.06.2026