O‘zbekiston | 19:39 / 29.07.2019
7928
2 daqiqa o‘qiladi

“ArMI-2019”da ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan xorijlik harbiylar Samarqandni ziyorat qildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Kecha, 28 iyul kuni Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Mudofaa vazirligining “Forish” tog‘ poligoniga kelgan xorijlik harbiy delegatsiya vakillari Samarqand shahrini ziyorat qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.

Angola, Zimbabve, Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Myanma hamda Vetnamdan kelgan mehmonlar dastlab Registon ansamblidan o‘rin olgan me'moriy majmualar bilan tanishdi. Shundan so‘ng ular Shohi Zinda majmuasi hamda Bibixonim madrasasini ziyorat qilishdi.

Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va Go‘ri Amir maqbaralarida bo‘lgan mehmonlar hayratda qoldi.

Sayohat yakunida tanovul qilingan samarqandcha palov mazasi mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Mavzuga oid