Rossiya mudofaa vaziri örinbosari Timur Ivanov V xalqaro armiya öyinlari doirasida “Harbiy-tibbiy estafeta” köpkuraşida iştirok etayotgan Rossiya qurolli kuçlari terma jamoasini qöllab-quvvatlaş uçun Özbekistonga keldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Taşrif davomida Timur Ivanov Rossiya terma jamoasi a'zolari bilan uçraşadi, sportçilarning joylaşiş şaroitlari va Foriş toğ poligoni infrastrukturasi bilan tanişadi”, - deyiladi xabarda.
“Harbiy-tibbiy estafeta” ilk bor xorijda, Özbekistonning Foriş öquv bazasida ötkazilmoqda. Iştirokçi harbiylar maxsus texnikani boşqariş, yaradorlarni jang maydonidan birinçi tibbiy yordam körsatgan holda olib çiqib ketiş, öq otiş, tösiqlardan ötiş kabi musobaqalarda bellaşadi.
Bu yilgi estafetada 11 davlat (Ozarboyjon, Angola, Armaniston, Belarus, Vetnam, Zimbabve, Myanma, Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston va Özbekiston) qatnaşmoqda, Venesuela qurolli kuçlari vakillari kuzatuvçi sifatida iştirok etmoqda.

















