“Individual mahorat” – uşbu şart V “Xalqaro armiya öyinlari – 2019” doirasida “Foriş” toğ poligonida ötayotgan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovi iştirokçilarining kasbiy mahorati, aniq va tezkorligini yuzaga çiqargani bilan iştirokçilar va mutaxassislar diqqat markazida böldi.

Keça, 9 avgust kuni erkaklar va ayollar “Individual mahorat” könikma namoyişi böyiça maxsus maşqlarni bajardilar, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Unda 11 mamlakat şarafini himoya qilgan harbiy xizmatçilar ikki yölakçada, qisqa masofadagi startdan finişgaça: şartli yarador bemorning qölini jgut bilan boğlaş va belgilangan marragaça sudrab boriş; öpka-yurak reanimatsiyasida yurak yopiq massaji maxsus manekenga sun'iy nafas beriş hamda şartli bemorning qölini boğlagan holda, xavfsizlik qoidalariga rioya etib, uni kötargança hududdan evakuatsiya qiliş vazifalarini bajardi.

Nufuzli tanlov nizomiga köra, ayollar örtasida şartli bemorning oğirligi – 62 kilogramm bölsa, erkaklar örtasida – 70 kilogrammni taşkil etdi (bronejiletdan taşqari!). Natijalar bilan quyida tanişişingiz mumkin.

Şifokorlar örtasida:

1. Elmurod Bobojonov (1178 ball) — Özbekiston;
2. Andrey Malaxov (990 ball) — Rossiya;
3. Nurjan Kapezov (929 ball) — Qozoğiston.

Örta va kiçik tibbiy personali örtasida:

1. Valijon Begaliyev (1101 ball) — Özbekiston;
2. Şoxruh Ibrohimov (1062 ball) — Özbekiston;
3. Xokimbek Madaminjonov (1050 ball) — Özbekiston.

Uşbu yönaliş böyiça ayollar örtasida ötkazilgan mazkur şart natijalari:

1. Oydin Ubaydullaxujayeva (802 ball) — Özbekiston;
2. Liliya Manasypova (781 ball) — Özbekiston;
3. Saidaxon Abdumöminova (777 ball) — Özbekiston.

Barça bosqiçlar natijasiga köra Özbekiston 5635 ball töplab, hozirça birinçilikda ketmoqda. Ikkinçi örinda Qozoğiston 4913 ball bilan odimlayotgan bölsa, kuçli uçlikka Rossiya (4808 ball) yakun yasamoqda.