Xandaqni bosib, labirintni oşib, qiya tösin qöyilgan panjaradan sakrab va zirhli texnika ostidan emaklab… V Xalqaro armiya öyinlari doirasida ötkazilayotgan “Harbiy-tibbiy estafeta” iştirokçilari 6—7 avgust kunlari tanlovning ikkinçi şartini — kiçik va örta tibbiyot personali hamda haydovçilar örtasida “Individual mahorat” bosqiçi doirasida tösiqli yölakdan ötiş kompleks maşqlarini bajardi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga köra, dala kiyimidagi erkak va ayollar “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining eng murakkab şartlaridan birida qurolsiz qatnaşib, kuç, matonat va şijoatini namoyiş etdi.

Tösiqli yölakning uzunligi 400 metrga teng bölib, BTR-80 ostidan emaklab ötiş lozim bölgan masofa 15—20 metrni taşkil etadi. Bundan taşqari iştirokçilarni oldinda boşqa qiyinçiliklar ham kutib turdi, masalan: xandaq, labirint, qiya tösinli panjara, uçta egilgan joyi hamda vertikal zinapoyali buzilgan köprik, oğma zinapoya, zovur va boşqa tösiqlar.

Iştirokçilar tösiqlarni bosib ötiş vaqtida Kalaşnikov avtomatini yoyib-yiğişi hamda qurol-yaroğ qutisini taşişi lozim edi (erkaklar uçun 20 kg, ayollarga esa — 10 kg).

Ta'kidlaş kerakki, har bir iştirokçiga tösiqlarni bosib ötiş uçun uzoği bilan uçta imkoniyat beriladi. 

Qoidalarga köra, tanlov iştirokçisi qölidan harbiy kiyim-boşga oid biror predmetni tuşirib yuborsa ortga qaytişi va tuşirib yuborilgan predmetni kötarib, şundan sönggina harakatini davom ettirişi lozim.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, erkaklar örtasidagi eng yaxşi natijalarning barçasi Özbekiston harbiylariga nasib etdi: Xokimbek Madaminjonov (317 ball), Şohrux Ibrohimov (310 ball) va Valijon Begaliyev (308 ball).

Ayollar örtasida eng yaxşi natijani 281 ball töplagan Özbekiston jamoasi vakili Liliya Manasipova körsatdi. Ikkinçi poğonadan rossiyalik iştirokçi Viktoriya Basarkina (271 ball) joy oldi. Kuçli uçlikka ham Rossiya vakili — Mariya Neçiporenko (270 ball) yakun yasadi.

Mazkur bellaşuvning haydovçilar örtasida ötkazilgan alohida nominatsiyada birinçilik Özbekiston vakili — Xayrullo Olimovga (321 ball) nasib etdi. Ikkinçi örinni qozoğistonlik Nurjan Sagindikov (285 ball) egallagan bölsa, uçinçi poğonadan yana özbekistonlik harbiy xizmatçi Bahodir Otaxonov (281 ball) örin oldi.