O‘zbekiston | 15:42 / 30.07.2019
7836
2 daqiqa o‘qiladi

2019 yil 6 oyida qariyb 3 800 kishiga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi

O‘zbekiston jinoiy ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan 2019 yilning yanvar-iyun oylari davomida 14269ta jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqilgan. 14733 shaxsga nisbatan ayblov hukmi e'lon qilingan. Bu haqda Bosh prokuraturada tashkil etilgan matbuot brifingda Axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma'lum qildi. 

«Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2019 yilning 6 oyida 18.745 nafar shaxsga nisbatan 14.269 ta jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 14.733 nafar shaxsga nisbatan 11.033 ta jinoyat ishi bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgan. Ayblov hukmi chiqarilgan shaxslarning 3.798 nafariga yoki 25,7 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘lsa, 10.938 nafariga yoki 74,3 foiziga boshqa turdagi jazolar tayinlangan», - dedi Shamsuddinov.

Shu bilan birga, hisobot davri mobaynida 333 nafar shaxs jinoyat sodir etganlikda aybsiz deb topilib, oqlangan. Shundan, 75 nafar shaxs bevosita prokuratura organlari tashabbusi bilan reabilitatsiya qilinib, ularning buzilgan huquqlari tiklangan. Bundan tashqari, prokurorlarning protestiga asosan 835ta sud qarorlari qonunga muvofiqlashtirilgan.

Mavzuga oid