Andijonda özlarini “prezident oilasiga yaqin şaxs” sifatida körsatib, jinoyat sodir qilib kelgan şaxslarga hukm öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Jinoiy sxema
Sud hukmida keltirilişiça, guruhga sirdaryolik J.N. rahbarlik qilgan. 44 yoşli uşbu şaxs muqaddam ham firibgarlik va boşqa jinoyatlar böyiça sudlangan.
Uyuşgan guruhda andijonlik 41 yoşli Ş.M., 42 yoşli M.Z., jizzaxlik 51 yoşli D.J. va boşqalar bölgan.
J.N. guruh a’zolariga vazifalarni taqsimlab bergan. Jinoiy sxemaga köra, u özini “prezident oilasiga yaqin şaxs” sifatida körsatişi, qolganlar esa pul evaziga turli körinişdagi masalalarni hal etib beriş va’dasi bilan “mijoz” topişi kerak bölgan.
Masalan, M.Z. “mijoz” topib, unga masalasini “prezident oilasiga yaqin şaxs bölgan” J.N. orqali hal qilib berişni aytgan. Söngra uşbu “mijoz” J.N. oldiga yuborilgan.
Uyuşgan guruh şu şaklda bir neçta kişini çuv tuşirgan.
Lavozim uçun 25 ming dollar
Uyuşgan guruh 2021 yil bahor oylarida M.D.ning işonçiga kirib, uni Asaka tumanidagi “Köpriklardan muntazam foydalaniş” UKga rahbar lavozimiga joylaştirib qöyiş evaziga 25 ming dollar söraşgan. Söralgan pulning 10 ming dollarini oldindan berişini talab qilişgan.
J.N. unga özini “prezident oilasiga yaqin şaxs” sifatida körsatib, agar talab qilingan pulni bermasa, öziga va oila a’zolariga yaxşi bölmasligini aytgan holda tahdid qilgan. Oqibatda M.D. öziga tegişli Captiva maşinasini 10 ming dollarga sotişga majbur bölgan. Uşbu pulni uyuşgan guruh a’zolari tovlamaçilik yöli bilan qölga kiritişib, şaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborişgan.
280 mlrd sömlik şartnoma va’dasi
Uyuşgan guruh 2022 yil dekabr oyida çet davlatlardan poyezd va vagonlar uçun ehtiyot qismlari olib keliş bilan şuğullanuvçi D.D.ning işonçiga kirgan. Unga “Özbekiston temir yöllari” AJ bilan ehtiyot qismlar olib keliş yuzasidan 280 mlrd sömlik şartnoma tuzib beriş va’da qilingan. Buning evaziga undan firibgarlik yöli bilan bölib-bölib, jami 119 500 dollar olişgan va öz ehtiyojlariga sarflaşgan.
Bundan taşqari, guruh a’zolari 2023 yil fevral oyida takroran D.D.ning işonçiga kirib, unga Toyota Land Cruiser 200 maşinasini 75 ming dollarga sotişni aytişgan. Maşina uçun oldindan 45 ming dollar olişgan.












