Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Albaniyadagi shahar meriga qarshi sanksiyalar kiritdi
AQSh Albaniyadagi Durres shahri meri Vangyush Dakoni korrupsiyaga aloqadorlikda ayblab unga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda davlat departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
"Davlat kotibi Albaniyaning Durres shahri meri Vangyush Dakoni jiddiy korrupsiyaga aloqadorligi bois sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi", - deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, Dako bilan birga uning oila a'zolari ham ro‘yxatga kiritilgan. Cheklovlarga ko‘ra, ularga AQSh hududiga kirish taqiqlanadi.
Avvalroq mahalliy OAV Dako hamda u a'zo bo‘lgan Albaniya sotsialistik partiyasini 2017 yilgi saylovlarda saylovchilar ovozini sotib olishda va uyushgan jinoyatchilar bilan hamkorlikda ayblagandi.
Mavzuga oid
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20 / 17.06.2026
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
17:38 / 16.06.2026