Özbekiston prezidenti topşiriği asosida endilikda Xalq qabulxonalari va sektorlar rahbarlarining aholi muammolari bilan işlaşi yangi strategiya va tizim asosida taşkil etilmoqda.
Bunda aholi bilan muloqot yangiça yondaşuv – davlat idoralarining bevosita birinçi rahbarlari eng oğir, eng çekka, eng olis hududlarga çiqqan holda, mahallama-mahalla, qişloqma-qişloq, köçama-köça, uyma-uy yurib, aholi muammolarini örganiş asosida taşkil etişga kirişildi.
Dastlab Toşkent viloyati Ohangaron şahridagi «Madaniyat va istirohat boği»da taşkil qilingan ommaviy qabulda Prezident Administratsiyasi, Oliy sud, Boş prokuratura, Içki işlar, Adliya, Soğliqni saqlaş vazirliklari, Davlat soliq qömitasi, Prezidentning Toşkent viloyatidagi Xalq qabulxonalari mas'ullari, viloyatdagi sektorlar rahbarlari murojaatçilarni qabul qilib, ularni qiynayotgan muammolarga yeçim izladi.

Ommaviy qabullar davomida davlat soliq qömitasi raisi, içki işlar va soğliqni saqlaş vazirlari qabulida uzundan uzoq navbatlar hosil böldi. Bu öz özidan murojaatlarning asosiy qismi aynan mazkur yönalişlarga tegişli ekanidan dalolat beradi. Qöşilgan qiymat soliği, özgargan soliq stavkalari, tadbirkorlik sub'yektlariga berilayotgan imtiyozlar, şu va şu kabi vaziyatlarda tuşunmovçiliklarga duç kelayotgan fuqarolar Davlat soliq qömitasi raisi bilan bevosita muloqotda bölişdi.
Asli xorazmlik Qizlarbibi Aliyeva ham soğliqni saqlaş vaziri qabulida işga joylaşiş masalasida murojaat qildi. Bu ayol laboratoriya hamşirasi bölib, bir neça yil Xorazm viloyatida işlagan. Doimiy yaşaş uçun Ohangaron tumaniga köçib kelganidan beri iş sörab kirmagan tibbiyot muassasasi qolmagan.

Ommaviy qabuldagi aholi salomatligi bilan boğliq murojaatlarning asosiy qismi tibbiyot muassasalarida davolaniş yöllanmalarini olişdagi muammolar bilan boğliq.
Özbekiston Respublikasi fuqaroligini oliş, pasport-viza, içki işlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan şikoyatlar, sobiq içki işlar organlari xodimlarini işga qayta tiklaş va içki işlar organlariga işga kiriş, ijtimoiy-huquqiy hamda maişiy masalalariga oid murojaatlar Içki işlar vaziri qabulida muhokama etildi.
Qabul jarayonida aniqlangan muammolarni joyida yeçiş çoralari körilib, hal etilişi vaqt talab etadigan holatlardagina aniq muddat va mas'ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olinib, uşbu haqda aholi bilan zarur tuşuntiriş işlari olib borildi.
















