27-28 iyul kunlarida Farğona viloyatining Rişton tumanidagi obodonlaştiriş va quriliş işlariga viloyatning barça şahar va tumanlaridan 13562 nafar haşarçi jalb qilindi. Bu haqda ÖzA saytida e'lon qilingan «Riştonda uyi buzilişga tuşgan har bir oilaga kömak berilmoqda» sarlavhali maqolada ma'lumot berilgan.
Maqolada haşarni Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev, prokuror Sadriddin Turdiyev, içki işlar boşqarmasi boşliği Rahmat Mamatov kuzatib borgani, ular har bir quriliş obektiga kelib, aholi bilan muloqot qilgani qayd etilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimi voqea joyiga velosipedda taşrif buyurib, odamlar bilan suhbatlaşayotgani aks etgan suratlar tarqatildi.

Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uşbu maqolaga munosabat bildirib, bu kabi tadbirlar ötkazilişi mehnat qonunçiligini töğridan-töğri buziş hamda ommaviy majburiy mehnatga jalb qiliş hisoblanişini ma'lum qildi.
«29 iyul Milliy axborot agentligining Uza.uz saytida «Riştonda uyi buzilişga tuşgan har bir oilaga kömak berilmoqda» nomli maqola e'lon qilindi. Maqolada 27-28 iyul kunlari Farğona viloyatining qator tumanlarida yöllarni kengaytiriş, obektlar quriş va obodonlaştiriş işlarini ötkaziş uçun «Azot» AJ, «Farğona neftni qayta işlaş zavodi», «Farğona Issiqlik energo markazi» MÇJning 4500 nafar xodimini jalb etiş orqali haşar ötkazilgan.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi şuni ma'lum qiladiki, bu xildagi tadbirlar mehnat qonunçiligini töğridan-töğri buziş va ommaviy ravişda mehnatga majburlaş hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 349-son Qaroriga muvofiq, haşar faqat ixtiyoriy asosda ötkazilişi belgilangan. Haşarni ötkaziş uçun umumxalq haşarini ötkaziş töğrisida Prezidentning tegişli hujjati yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bölişi şart. Haşarlar unda iştirok etadigan şaxslar mehnat qiladigan tegişli taşkilot hududida mehnatni muhofaza qiliş va xavfsizlik normalariga qat'iy rioya etilgan holda ötkaziladi. Haşarlar doirasida boşqa turdagi jamoat işlari, şu jumladan, quriliş-ta'mirlaş işlariga majburiy jalb etişga qat'iy yöl qöyilmaydi.













