Xalqimizda «Hatto quşning ham uyi buzilmasin», degan maqol bor. Çumçuq ham törtta şox-şabbadan qurilgan uyçasi buzilsa, çirillab zor yiğlaydi.

Boşpanasiz qolib, öz uyi örniga söri qöyib yaşayotgan, uyi bugun-erta buzilişini bilib, ertaga istiqomati qayda bölişini aniq bila olmayotgan odamlar bilan suhbatlaşiş juda qiyin ekan. Ayniqsa, mutasaddilarning beparvoligi yoki rejani mukammal öylamagani orqasidan muammoda qolgan yoşi uluğ kişilarni bu holatda köriş undan-da muşkul.

YouTube

Tas-IX

Riştonda ayni paytda uyi «snos»ga tuşgan odamlar juda qiyin ahvolda.

Ulardan biri Suhrob Abdullayev oilasi yaşayotgan uyni hokimlik vakillari keçasi buldozerda buzib taşlamasligi uçun köça devoriga «Bu yerda odam yaşaydi», degan yozuvni ilib qöygan.

Bundan bir oy oldin Farğona viloyati, Rişton tumaniga borib, tuman markazini zamonaviy arxitektura talablari darajasidagi binolar bilan qayta quriş işlari boşlangani bois, asosiy köça böylaridagi turar va noturar joylar buzilayotgani haqida maqola tayyorlagan