09:00 / 01.08.2019
18914
Reklama

AKFA Lighting kompaniyasi mahsulotlari qanday afzalliklarga ega?

Insoniyat tarixiga e'tibor beradigan bo‘lsak, insonlar turli yoritish vositalaridan foydalanib kelgan. Mash'ala, sham, moychiroq va cho‘g‘lanma lampalardan foydalandi. XXI asrga kelib esa insoniyat LED lampalardan foydalanmoqda.

Xo‘sh, nega aynan LED lampalar? Ular qanday afzalliklarga ega? LED lampalarning ishlab chiqarish jarayonini kuzatish maqsadida AKFA Lighting kompaniyasiga tashrif buyurdik. Dastlab kompaniya haqida.

AKFA Lighting kompaniyasi 2010 yil energiya tejovchi lampalar ishlab chiqarish zavodini tashkil etdi. Ishlab chiqarishni tashkil etish qarori aholi iste'mol talabini ishonchli yorug‘lik manbalari bilan to‘liq qondirish maqsadida qabul qilindi. AKFA Lighting kompaniyasining umumiy maydoni 1,8 gektar (18,025 m²) ni tashkil etadi. Kompaniya 2016 yilda birinchi shou-rum ochilishini e'lon qildi va hozirgi kunga kelib O‘zbekiston hududida 40 dan ziyod shou-rumiga ega. Kompaniya yiliga 226 turdagi jami 10 mln. dan ortiq, ya'ni kuniga 50 mingdan ziyod mahsulot ishlab chiqaradi.

Bugungi kunga kelib kompaniyada 1000 dan ortiq fuqarolar ish bilan ta'minlangan. Ishchilar orasida nafaqat yurtimiz fuqarolari, balki chet el fuqarolari ham o‘z faoliyatini olib boradi. Korxonaning umumiy qiymati 205 milliard so‘mni tashkil etadi. AKFA Lighting hozirgi kungacha o‘z faoliyati davomida 2,9 milliard so‘m miqdorda soliqlar to‘lagan.

LED texnologiyasi afzalliklari

LED lampa – ekologik toza yorug‘lik manbalaridan biridir. LEDlarning yoritilishi prinsipi lampalarni ishlab chiqarishda va ishlatishda xavfsiz qismlardan foydalanishga imkon beradi. LED lampalarda simobli moddalar ishlatilmaydi, shuning uchun ularga shikast yetganida atrof-muhitga xavf tug‘dirmaydi. LED lampalar, LED paneli, LED chiroqlar, ko‘cha chiroqli lampalar va industrial LED lampalar singari turli xil mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ushbu texnologiya mahsulotning sifatiga, ishonchliligi va samaradorligini oshirishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Lampochka ampulasi oddiy lampalar bilan taqqoslaganda 85% energiya tejash imkonini beradi. Akfa lighting LED lampalarining ishlash muddati 30 000 soatni tashkil etadi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va ishlatish muddatlari haqida

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatiga keladigan bo‘lsak, 1-o‘rinda inson salomatligiga mutlaqo bezararligini takidlab o‘tish lozim, ya'ni inson ko‘rish qobiliyatiga hech qanday zarar yetkazmaydi. O‘zidan hech qanday zararli nur yoki boshqa qo‘shtirnoq ichidagi xususiyatlarni tarqatmaydi. Ishlab chiqarish sohasi zamonaviy laboratoriya bilan jihozlangan, mahsulot sifatini yaxshilash va namunalarni tanlash va sinovdan o‘tkazish yo‘li bilan mahsulot sifatini nazorat qilish ustida ish olib borilmoqda. Kafolatlar 2 yilga taqdim etiladi. Ishga yaroqsiz lampalarni bepul almashtirish imkoniga ega. Ofislar va jamoat joylarini yoritish uchun foydalanadigan panellar yuqori sifatli. 

Chunki Sapphire va Mitsubishi-ChiMee kabi yuqori sifatli komponentlardan foydalaniladi. Hozirgi kunda kompaniyaning 40 dan ziyod rasmiy shou-rumlari mavjud, ular poytaxtimiz Toshkent hamda respublikamizning deyarli barcha hududlarida faoliyat olib borishmoqda. Hozirda Farg‘ona, Andijon, Qo‘qon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Namangan va boshqa viloyatlarda o‘z faoliyatini yuritmoqda. Kompaniya hozirgi kunga qadar Qozog‘istonda yagona distribyutorga ega. Korxona 4 yo‘nalish bo‘yicha ish olib boradi: LED lampalar, LED panellar, stabilizatorlar, LED ekranlar. Ishlab chiqarish jarayoni 4 bosqichdan iborat:

  • Birinchi bosqich – radiator
  • Ikkinchi bosqich – korpus
  • Uchinchi bosqich – drayver
  • To‘rtinchi bosqich – sborka.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz AKFA Lighting kompaniyasi jahonga mashhur Phillips va Bridgelux kompaniyalaridan xomashyo qabul qiladi va shu bilan birga Turkiya, AQSh va Xitoy davlatlaridan ham mahsulotlar olib kelinadi.

AKFA Lighting O‘rta Osiyodagi LED lampalarni ishlab chiqaruvchi birinchi kompaniya hisoblanadi. Shu bilan birga, o‘z mahsulotlarini eksport qiluvchi birinchi chiroq kompaniyasidir. 2015 yilda AKFA Lighting kompaniyasi SMT Line platalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan o‘z doirasini yana bir pog‘onaga oshirdi va bu yo‘nalish Artel, Samsung va Shivaki kompaniyalari bilan hamkorlik qilish imkonini berdi.

Telefon: +99878 150-44-88

Sayt: www.akfalighting.uz

Telegram: t.me/AkfaLighting_uz

Facebook: fb.com/AkfaLighting

Reklama huquqi asosida

Top