Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fohishalikka olib ketilayotgan ikki ayol to‘xtatib qolindi
Shu yilning 21 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Buxoro shahrida yashovchi 51 yoshli X.G. ismli ayol o‘z hisobidan ayni damda Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan 41 yoshli X.Sh. hamda Toshkentda bo‘lgan 29 yoshli X.N. ismli ayollarni Tailandning Bangkok shahrida fohishalik bilan shug‘ullanishlari uchun olib ketishga kelishib, X.N.ni Toshkent Xalqaro aeroportidan olib ketmoqchi bo‘lganida to‘xtatib qolingan.
Tezkor surishtiruv ishlari natijasida X.G. ushbu ikki ayolga Bangkok shahrida fohishalik bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratib berishni va'da qilganligi, evaziga ular X.G.ga 4000 AQSh dollarini ishlab berishligi ma'lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.G. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:14 / 10.04.2026
Prezident Buxoroda yangi aeroport qurilishi bilan tanishdi
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
20:51 / 05.03.2026
Toshkent – Samarqand avtomagistralining loyihaviy tezligi 150 km/s etib belgilanadi
21:12 / 02.03.2026