Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida bir kunda 157ta avtomobil qarzdorligi tufayli jarima maydoniga qo‘yildi
Toshkent viloyatining xalqaro va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari onlayn rejimda muntazam ishlab kelmoqda. 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat hududida joylashgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali tezlikni me'yoridan oshirish holati bo‘yicha 79 ming 256 ta qoidabuzarlik aniqlandi.
Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot bo‘linmasi xabariga ko‘ra, hozirgi kunda ushbu qoidabuzarlik yuzasidan belgilangan jarimalardan 20 ming 530 ta transport vositasi egalarining manzillariga jarima qog‘ozlari yetkazilganligiga qaramasdan qonunda belgilangan tartibda jarimalarni to‘lamagan.
Ushbu raqamlarni hisobga olib, belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida undirish maqsadida kuni kecha, 31 iyul sanasida viloyat hududida Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Toshkent viloyati prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari bilan hamkorlikda AUTOCON uskunasi yordamida 60 kun muddat ichida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan jarimani to‘lamagan qoidabuzar haydovchilarni aniqlanib, 157 nafar haydovchilarning transport vositalari viloyat hududida joylashgan jarima maydonlariga joylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasi talablari asosida 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:34 / 08.04.2026
Toshkent viloyatida 400 gektar maydonda xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasi barpo etiladi
19:24 / 07.04.2026
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
18:54 / 06.04.2026
Chegaradan ko‘p miqdordagi giyohvand moddalar olib kirilishiga chek qo‘yildi
07:51 / 02.04.2026