Bugungi kunda respublikada investitsion muhitni yaxşilaş, xorijiy investorlarni jalb qiliş va yangi investitsion loyihalarni amalga oşiriş böyiça izçil va tizimli işlar olib borilmoqda.

Xususan, prezident Şavkat Mirziyoyev qator yiğilişlarda bu masalaga töxtalib, investitsiya jalb qiliş yuzasidan qator vazifalarni belgilab bermoqda.

Bu vazifalar ijrosi hududlarda yetarliça ta'minlanyaptimi? Xorijiy investorlarga qulay şaroitlar yaratib berilyaptimi? Ularga berilayotgan va'dalar bajarilyaptimi?

Tan olib aytiş kerak, xorijiy investorlar mamlakatimizda öz loyihalarini amalga oşirişida qator tösiqlarga uçrayotgani bu borada hal qilinişi lozim bölgan muammolar borligini körsatib bermoqda. Mavjud salbiy holatlar xorijiy investorlarning haqli e'tirozlariga sabab bölmoqda.

Xorijiy investorlar duç kelayotgan muammolar haqida saytimizda ham jurnalistik suriştiruvlar asosida tanqidiy maqolalar muntazam berib borilmoqda.

Kun.uz tahririyatiga şu masalada navbatdagi murojaat Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida investitsion loyihasini amalga oşirayotgan hindistonlik investor Narayan Sundaramdan keldi.

Xorijiy investor murojaatini örganiş maqsadida Uzun tumanida böldik va Narayan Sundaram bilan uçraşib, uning e'tirozlarini tingladik.

«Loyihamiz kovrak ösimligini yetiştiriş, yiğib oliş, qayta işlaş va eksport qilişni öz içiga oladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev şu yilning 19–20 yanvar kunlarida Surxondaryo viloyatiga taşrifi çoğida kovrak ösimligi yuzasidan loyihalar bilan tanişgan edi. Şunga köra, Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi Davlat qömitasi va boşqaruvimdagi Rossiyaning «TK Kometa» kompaniyasi örtasida 2018 yil 6 martda imzolangan Memorandumga köra Özbekiston Respublikasida faoliyat olib boriş uçun «Ferula Şifobaxş» MÇJni taşkil etganmiz.

Loyiha Uzun tumanidagi Bobotoğ yonbağirlaridagi örmon xöjaligiga tegişli yerlarda amalga oşirilişi közda tutilgan. Şu asosida «Bobotoğ» davlat örmon xöjaligi bilan «Ferula Şifobaxş» MÇJ örtasida örmon fondi yerlarini uzoq muddatga ijaraga beriş şartnomasi tuzilgan. Şuningdek, «Bobotoğ» davlat örmon xöjaligi bilan boşqaruvimizdagi yana uçta mas'uliyati çeklangan jamiyat ham şartnoma tuzgan.

Uşbu loyiha asosida katta mablağ sarfladik, ammo investitsiya majburiyatlarini bajarişda bir qator qiyinçiliklarga duç kelmoqdamiz. Jumladan, şartnomada körsatilgan hududlarda mahalliy aholi tomonidan kovrak ösimligi oçiqçasiga talon-toroj qilinmoqda. Açinarlisi, «Bobotoğ» davlat örmon xöjaligi xodimlari ular bilan til biriktirgan holda şunga  şaroit yaratib bermoqda.