Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzorda avtomashina egasining uxlab yotganidan foydalanib, salondan 1800 dollarni o‘g‘irlab ketishdi
2019 yil 24 iyul kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashovchi 32 yoshli Z.A. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida Chilonzor tumanida joylashgan “Darmon servis” xususiy klinikasining avtoturargohida uxlab yotgan vaqtida, noma'lum shaxs avtomashina eshiklari ochiqligidan foydalangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u mashina salonidan 1800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chilonzor tumani Qatortol 3-tor ko‘chasida yashovchi 23 yoshli R.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026