Vazirlar Mahkamasining «Yoqilği-energetika resurslarining narxlari va tariflarini özgartiriş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga köra, hukumat elektr energiyasi iste'moli bazaviy normasini 300 kVt/soatdan 250 kVt/soatgaça kamaytirişni rejalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining «Yoqilği-energetika resurslariga narx va tariflarni bosqiçma-bosqiç özgartiriş töğrisida»gi qaroriga muvofiq, 2019 yilning 1 yanvaridan Toşkent şahri Yunusobod tumanida eksperiment tariqasida elektr energiyasi iste'moliga bazaviy norma joriy qilindi.
Öşanda elektr energiyasi iste'molining bazaviy normasi bir abonent uçun oyiga 300 kVt/soatni taşkil etdi. Şu bilan birga, aholi körsatilgan bazaviy norma doirasida belgilangan tarif böyiça, bazaviy normadan köp bölganda esa - örnatilgan tarifga 1,2 baravardan ortiq bölmagan oşiriluvçi koeffitsiyent qöllangan holda tölovni amalga oşirişi lozim edi.
«Toşkent şahrining Yunusobod tumanida bir nafar abonentga aholining elektr energiyasi iste'moli bazaviy normalari joriy etilişining ijobiy natijalari ma'lumot uçun qabul qilinsin», - deyiladi hujjatda.
Endi elektr energiyasi iste'moli bazaviy normasi 250 kVt/soatni taşkil etadi. Bundan taşqari, aholi bazaviy normadan ortiq elektr energiyasi uçun belgilangan tarifga 1,5 baravardan ortiq bölmagan oşiriluvçi koeffitsiyent qöllangan holda tölov amalga oşiradi.









