Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fermerlarga qishloq texnikasini sotib olish uchun davlat budjetidan subsidiya ajratiladi
Lizing yoki kredit shartlarida yetkazib berilgan qishloq xo‘jalik texnikalari uchun belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punkti miqdorida foiz xarajatlarini qoplab berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratilishi belgilanmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2018 yilda qishloq xo‘jaligiga qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berishni moliyalashtirish uchun 2 trln. 237 mlrd. so‘m mablag‘, shu jumladan 1 trln. 667 mlrd. so‘m budjet mablag‘lari jalb etildi
«Bugungi kunda texnika parkining 25 foizdan ortig‘i 15 yildan ortiq qishloq xo‘jaligida foydalanib kelinmoqda. Shu sababli qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika va agregatlar bilan ta'minlash ishlarini izchil davom ettirish talab etiladi», — deyiladi Moliya Vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi axborot xizmati axborotida.
Ma'lumot uchun, qishloq xo‘jaligini texnikalar bilan o‘z vaqtida ishonchli ta'minlash hamda tijorat banklari mablag‘larini jalb etgan holda moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini qo‘llash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarordan ko‘zlangan asosiy maqsad qishloq xo‘jalik korxonasining talabiga binoan respublikada ishlab chiqarilgan barcha turdagi traktorlar, jumladan haydov, chopiq, transport va bog‘dorchilik traktorlari, uch va undan ortiq korpusli aylanma omochlar hamda ko‘p vazifali pnevmatik va mexanik seyalkalarni imtiyozli foizlarda yetkazib berilishini ta'minlashdir.
Mavzuga oid
17:38 / 12.05.2026
O‘zbekistonda bir qator subsidiyalar belgilandi
20:08 / 05.05.2026
Elektromobil egalariga ehtimoliy subsidiya miqdori ma’lum bo‘ldi
10:15 / 24.04.2026
Hindistonda raqamli valuta orqali subsidiya tarqatish boshlandi
17:04 / 07.04.2026