Maktabgacha ta'lim vaziri elektron navbatdagi nosozliklar bo‘yicha izoh berdi
Bugun, 2 avgust kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgacha ta'lim vazirligi rahbariyati ishtirokida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin maktabgacha ta'lim muassasalariga elektron navbat dasturidagi nosozliklar xususida izoh berdi.
“Prezident qaroriga muvofiq, ilk bor maktabgacha ta'lim tizimida Davlat xizmatlari agentligi, UzInfoCom bilan hamkorlikda innovatsion dastur ─ elektron navbat yo‘lga qo‘yilgan edi. 2018 yilning 4 aprelidan boshlab test rejimida ish boshlagan mazkur dastur bo‘yicha natijalarni o‘tgan o‘quv yilining yakunida tahlil qildik. Obektivlik va shaffoflikka ta'sir ko‘rsatgan turli omillarni inobatga olgan holda, 20 iyun kuni dastur to‘xtatib qo‘yilgan edi. Dasturni xalqaro tashkilotlar ─ UNICEF va OpenEMIS bilan hamkorlikda yanada takomillashtirdik. Kamchiliklarni to‘g‘riladik. Elektron navbat dasturida inson omili umuman ishtirok etmasligi masalasi ko‘rib chiqildi. Ikki kun oldin dastur qayta ishga tushirilgan edi. Afsuski, obektiv sabablar tufayli dastur yana to‘xtab qoldi. Hozirda katta ishchi guruh bu muammoni hal qilish ustida ishlamoqda. Dushanba kuni (5 avgust) dastur faoliyati to‘laqonli ravishda yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Elektron navbat bo‘yicha grafik ham to‘liq ishga tushadi”, ─ dedi Agrippina Shin.
Mavzuga oid
20:40 / 09.07.2024
Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universitetiga rektor etib tayinlandi
19:47 / 19.04.2023
Poliklinikalarda navbatlar: vazirlik prezident topshirig‘ini qachon bajaradi?
09:28 / 24.03.2023
Agrippina Shin Maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlandi
19:20 / 15.12.2022