Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xodimi H.H.ga tegişli ekani aytilgan audio yozuv tarqaldi.

Audio yozuvda erkak ayol kişiga qarata soğinganini aytgan va jinsiy aloqa taklif qilgan. Söngra sertifikat olib berişini bildirgan.

“Sertifikatni olib beraman. Hasan akang bor, qörqma. Keyin özim seni bir yaxşi maktabga direktor qilib qöyaman. Direktor bölişingga özim yordam beraman”, degan erkak.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova holat yuzasidan munosabat bildirdi. Unga köra, mazkur xodim lavozimidan ozod qilingan.

“Uşbu vaziyat iştirokçisi bölgan vazirlik xodimi lavozimidan ozod etilgan. Aytiş lozimki, vazirlik sohaga doir korrupsion holatlar hamda manfaatlar töqnaşuviga mutlaqo qarşi. Şuningdek, tizimda mehnat qilayotgan barça xodimlarning kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etişi tarafdori”, deyiladi munosabatda.

Vazirlik şu kabi noqonuniy vaziyatlarga yöl qöygan xodimlarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda qat’iy çoralar körilişi ta’minlanişini ma’lum qilgan.