O‘zbekiston | 11:50 / 03.08.2019
3450
2 daqiqa o‘qiladi

«Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi qayta ko‘rib chiqiladi

Foto: parliament.gov.uz

2019 yil 2 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda

Kun tartibidagi dastlabki masala — “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ikkinchi o‘qishdagi muhokamasi qizg‘in kechdi. Ta'kidlash joiz, fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan jamoat tartibini saqlash sohasida tizimli va bir martalik hamkorlik masalalarining tartibga solinmagani, huquqbuzarlik va jamoat tartibiga tahdid ehtimoli faktlaridan huquqni muhofaza qiluvchi organlarni ogohlantirayotgan shaxslar haqidagi ma'lumotlarning sir saqlanishi kafolatlari yo‘qligi muammoli vaziyatlarni keltirib chiqarayotgan edi.

Aksariyat masalalarga loyihada aniq yechimlar topilganiga qaramay, majlisda deputatlar ayrim normalarga aniqlik kiritish zarurligini, ertaga amaliyotda ushbu qonun samarali ishlashi uchun hujjatni yana bir bor qo‘mitada qayta ko‘rib chiqishni maqsadga muvofiq deb topdilar va loyiha qo‘mitaga qaytarildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid