O‘zbekiston | 09:24 / 03.08.2019
7793
3 daqiqa o‘qiladi

Hukumat qarori loyihasi: Qo‘qon shahar hokimligi huzurida yangi departament tashkil etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Qo‘qon shahar “O‘rda” va unga tutash bo‘lgan xiyobon maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan Farg‘ona viloyati hokimligining Qo‘qon shahar hokimligi huzurida “O‘rda” maydonlarini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinishi mumkin.

Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

Qo‘qon shahar “O‘rda” va unga tutash bo‘lgan xiyobon maydonlarini, bog‘larini favvoralarini hamda tutash hududlarini saqlash, obodonlashtirish obektlaridan foydalanish ishlarini shaharsozlik hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish;

Mukammal va joriy ta'mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash, shuningdek sun'iy sug‘orish tizimlarining nasos stansiyalari, quduqlar, qattiq qoplamalar, yo‘llar va yo‘laklarning ko‘chalarini yoritish vositalarining va favvoralarining sanitariya va texnik jihatdan zarur holatda bo‘lishini ta'minlash;

Dov-daraxtlarni saqlash va parvarish qilish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish, xizmat ko‘rsatiladigan hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish agrotexnika tadbirlari kompleksini amalga oshirish;

Obodonlashtirish obektlarini saqlash va rivojlantirish, ularning sanitariya jihatidan tozalanishini ta'minlash.

Belgilab qo‘yilishicha, Departament faoliyatini moliyalashtirish Farg‘ona viloyatining mahalliy budjet parametrlarida har yili obodonlashtirish uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.

Farg‘ona viloyati hokimligi:

Departament tasarrufiga berish uchun ignabargli va manzarali o‘simliklarning qimmatli navlari, ko‘chalarni yoritish obektlari, favvoralar va boshqa obodonlashtirish obektlarining kelgusida foydalanish uchun Departamentga belgilangan tartibda berilishi;

Departamentning malakali muhandis-texnik xodimlar va ishlab chiqarish xodimlari bilan ta'minlanishi;

Obodonlashtirish ishlarining shaharsozlik hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq, shuningdek shahar markazining tashqi qiyofasiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarini hisobga olgan holda tashkil etilishi va amalga oshirilishini;

Obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar uchun budjet mablag‘laridan samarali va belgilangan maqsadda foydalanilishi yuzasidan nazoratni ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid