Sariosiyo voqealari: Karimov maxsus operatsiyalar bo‘yicha batalonlar harbiylariga nima degandi?
Karimov Fondi zaxiradagi polkovnik Botir Abdullayevning Sariosiyo voqealari haqidagi xotiralarini e'lon qildi.
“2000 yil avgust oyida O‘zbekiston janubida hukumat kuchlari jangovar bo‘linmalari hamda mamlakat hududiga suqilib kirgan O‘IH xalqaro terrorchilar to‘dasi o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Kelajak haqida xomxayollarga berilgan jangarilar O‘zbekistonda qonli izlar qoldirdi, shu bilan birga, ular Tojikistondagi fuqarolar urushi davrida, qolaversa, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Rossiyada bir qator qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirgan edilar”, - deyiladi ma'lumotda.
Sariosiyo voqealari ishtirokchisi bo‘lgan zaxiradagi polkovnik Botir Abdullayev o‘sha kunlarni bunday xotirlaydi:
“2000 yilning avgusti. O‘zbekiston sarhadiga xalqaro terrorchilar to‘dasi hujum uyushtirdi. Men xizmat qilayotgan, tashkil topganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan maxsus operatsiyalar bo‘yicha batalonlar jangarilarga qarshi kurash olib borayotgan edi.
Kunlarning birida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti, Oliy bosh qo‘mondon Islom Karimov bizning qismga tashrif buyurdilar. U kishi yonimizga kelib, otalarcha samimiyat ila muammolar bilan qiziqdilar, yana qanday texnika yoki uskuna zarurligini so‘radilar. Ammo hammasidan ham Islom Abdug‘aniyevichning bizga qarata qilgan xitobi men va quroldosh do‘stlarim xotirasida qoldi. “Yodda tutinglar, – dedilar Oliy bosh qo‘mondon, – agar kimdir sizlarning to‘g‘ri dushman o‘qiga, tikka o‘limga borishingiz haqida buyruq berganimni aytsa, aslo ishonmanglar: men hozirgacha bunday buyruq bermadim va bundan keyin ham bermayman!”
Sirasini aytganda, asabiylashish va qo‘rquvdan asar yo‘q edi. Biz o‘sha lahza qalbimizda o‘zimiz va Oliy bosh qo‘mondonning kuchiga ishonchni his etdik. Islom Abdug‘aniyevichning asosiy maslagi har qanday yo‘l bilan dushman hamlasini qaytarish emas, balki mustaqil va dunyoviy O‘zbekiston uchun jonini berishga tayyor insonlarning hayotini saqlab qolish edi”.
Mavzuga oid
13:34 / 07.10.2024
Turkiyada Islom Karimov haqida kitob nashr qilindi
13:30 / 02.09.2024
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
20:03 / 26.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, qurilish ishlari bilan tanishdi
07:41 / 07.05.2024