Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi ishlar vazirligida investitsiya loyihalariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov 3 avgust kuni TIVda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining chet el investitsiyalarini jalb qilish hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston mintaqalariga qilgan safarlari chog‘ida elchilar tomonidan taqdim qilingan loyihalarning amalga oshirilishi borasidagi faoliyatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Devoni, Vazirlar Mahkamasi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi va Hisob palatasining mas'ul xodimlari hamda videokonferensaloqa orqali O‘zbekistondagi xorijdagi diplomatik missiyalarining rahbarlari ishtirok etgan.
Tadbir chog‘ida O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari tashabbusi asosida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirishi monitoringi o‘tkazilgan. Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonning elchixona va konsulxona rahbarlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida ularga yuklangan topshiriqlarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlari tinglangan, mavjud muammoli masalalar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilingan.
Yig‘ilishda diplomatik vakolatxonalarning birinchi yarim yillikdagi faoliyati yakunlari tanqidiy ko‘rib chiqilgan va ularning oldiga 2019 yil uchun belgilangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriq qo‘yilgan.
«Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimizga chet el investitsiyalarini jalb qilish, investitsiya loyihalarini, avvalo o‘zlariga biriktirilgan hududlardagi loyihalarni amalga oshirish uchun yangi moliyaviy manbalarni izlab topishga yo‘naltirilgan ishlarni faollashtirish topshirildi», — deyiladi TIV axborotida.
Mavzuga oid
22:20 / 16.04.2026
Toshkent shahrining 12 ta tumani ma’lum bir sanoat yoki xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ixtisoslashtiriladi
18:37 / 09.04.2026
2,4 mlrd dollarlik aktivlarga ega Milliy investitsiya jamg‘armasi IPO o‘tkazishini e’lon qildi
21:34 / 08.04.2026
Toshkent viloyatida 400 gektar maydonda xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasi barpo etiladi
12:53 / 07.04.2026