O‘zbekiston | 17:03 / 05.08.2019
5077
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov va Mavlud Chovusho‘g‘li hamkorlik dasturini imzoladilar

Turkiya elchilarining yillik 11-konferensiyasida ishtirok etish uchun Anqaraga tashrif buyurgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li hamraisligida Turkiya-O‘zbekiston Strategik rejalashtirish guruhining 1-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Mavlud Chovusho‘g‘li O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining Turkiya elchilarining yillik 11-konferensiyasidagi nutqida o‘z chuqur bilim tajribalari bilan o‘rtoqlashishini kutilayotgani va bu turk diplomatlari uchun foydali bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid