Jamiyat | 11:20 / 05.08.2019
20547
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzordagi restoran yonib ketdi

Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

2019 yil 4 avgust kuni soat 23:09da, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasi 7-uyda joylashgan “Barkach” restoranining yordamchi va generator xonalari hamda tom qismi 40 kv.m maydonda yongan. 

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘indan restoran binosining 2000 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 23:14da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 23:19da qurshab olinib, soat 23:20da bartaraf etilgan. 

Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Mavzuga oid