Jamiyat | 16:31 / 06.08.2019
20488
2 daqiqa o‘qiladi

Bekobodda 10-sinf o‘quvchisi ikki nafar tengdoshiga pichoq bilan jarohat yetkazdi

Foto: KUN.UZ

2019 yil 5 avgust kuni Toshkent viloyatining Bekobod tumanida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Bekobod shahrida yashovchi 9-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 16 yoshli I.A. Bekobod tumanida Navoiy MFY hududida o‘zaro janjal oqibatida Shova mahallasida yashovchi, 40-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 16 yoshli D.T.ning qorin qismiga hamda ularni ajratmoqchi bo‘lgan, Bekobod shahri Beruniy ko‘chasida yashovchi, 2-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 15 yoshli D.A.ning yelka qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada D.T. va D.A.lar kasalxonaga yotqizilganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.A. ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

Mavzuga oid