O‘zbekiston | 21:21 / 06.08.2019
8869
2 daqiqa o‘qiladi

Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti O‘zbekistonga keldi

Foto: O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi

Ertaga Toshkent shahrida taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasida jahon chempionati start oladi, deb xabar berdi O‘zbekiston taekvondo WTF Assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, musobaqada jahonning 70 ga yaqin mamlakatidan 850 nafarga yaqin yosh sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu jahon chempionati munosabati bilan yurtimizga yer yuzining turli nuqtalaridan sportchilar yetib kelishgan. 

Ular qatorida bugun Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Chungvon Choy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga yetib keldi. Chungvon Choy Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida OAV xodimlari bilan muloqot qilar ekan, Toshkent mazkur jahon chempionatini qabul qilish uchun eng munosib nomzod shaharlardan biri ekanligini ta'kidladi. 

Jahon chempionati ertaga soat 9 da O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasiga qarashli "Universal" sport saroyida start oladi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimi esa soat 17:00 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid