Singapurda O‘zbekistonning MICE-turizm bo‘yicha elchisi tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasining Singapurdagi elchisi Qahramon Shokirov tomonidan Singapurning yetakchi biznes vakili Fillip Tangaga O‘zbekistonning MICE-turizm elchisi sertifikatini topshirdi. Marosim Singapurning eng nufuzli biznes vakillari ishtirokidagi O‘zbekiston madaniyat kechasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fillip Tan - Singapurdagi taniqli moliyachi va ijtimoiy arbob, bir necha yirik biznes asoschisi, turizm va moliyaviy kompaniyalar rahbari, jumladan Citystate Capital Asia moliyaviy direktori, Pegasus Travel Management va Kinetica asoschisi va rahbari. Citystate Group shtab-kvartirasi Singapurda joylashgan Avstraliya, Xitoy, Gonkong, Hindiston Indoneziya, Filippin orollari, Malayziya, Tailand va Vetnamda ish olib boruvchi eng katta xalqaro kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ushbu tashkilot asosiy yo‘nalishlardan tashqari, sug‘urta, moliyaviy xizmatlar, savdo-sotiq, ta'lim va maishiy xizmat sohalari bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Fillip Tan tomonidan asos solingan Pegasus Travel Management dunyoning yetakchi ishbilarmonlari bilan salohiyatli mamlakatlarga biznes-tashriflar uyushtirish, yuqori darajada turlar va boshqa mamlakatlarda konferensiyalar, retrit va VIP-tashriflar tashkillashtirishga ixtisoslashgan.
“O‘zbekiston hukumati va Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi menga bildirgan bunday ishonchdan juda mamnunman – deydi marosimda Fillip Tan. - So‘nggi yillarda Singapurdan O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar oqimi 60 foizga oshgan bo‘lsa, bu hali boshlanishi, deya aniq ayta olaman. Singapur biznes doiralari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan islohotlarni katta qiziqish bilan kuzatib borishmoqda va men mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik, ayniqsa, savdo-sotiq va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikning katta salohiyat bilan rivojlanishiga ishonaman”.
Tan Singapurdagi O‘zbekiston elchixonasi bilan yaqindan hamkorlik qilib, hozirgi kunda O‘zbekistonga yirik sarmoyador kompaniyalarning tashriflarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:17 / 04.10.2024
Yarim asrda birinchi marta: Singapurda sobiq vazir pora olgani uchun qamaldi
21:03 / 31.08.2024
Singapurda erkak xotini bilan ajrashish uchun uning mashinasiga kannabis tashlab qo‘ygani aniqlandi
14:02 / 24.08.2024
Singapur kompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirmoqchi
09:21 / 25.07.2024