O‘zbekiston | 12:55 / 06.08.2019
6016
2 daqiqa o‘qiladi

Sug‘urtalovchilarning jami kapitali 2,4 baravar oshadi

Bunday imkoniyat sug‘urta tashkilotlari ustav kapitalining minimal miqdorini 2020-2022 yillarda bosqichma-bosqich oshirish tufayli yuzaga keladi, deb yozmoqda Norma.

 Eslatib o‘tamiz, sug‘urtalovchining boshlang‘ich ustav kapitali muassislar tomonidan litsenziya olish paytiga shakllantirilgan bo‘lishi va belgilangan minimal miqdordan kam bo‘lmasligi kerak. Ustav kapitali kamida 90% muassislarning (ishtirokchilarning) pul mablag‘lari bilan shakllantiriladi. Kreditga, garovga olingan mablag‘lar va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanish mumkin emas.

 Sug‘urta tashkilotlarining jami ustav kapitali 2019-2022 yillarda 2,4 baravar – hozirgi 0,8 dan 1,2 trln so‘mgacha oshirilishi kerak. Xususan, sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) ustav kapitalining minimal qiymatini bosqichma-bosqich oshirish bunday natijalarga erishishda yordam beradi.

mlrd so‘m

Sug‘urta faoliyatining turlari

Amaldagi qiymat 

2020 yil 1 iyuldan

 

2022 yil 1 iyuldan

 

Ixtiyoriy sug‘urta:

 

 

 

umumiy sug‘urta

7,5

15

20

hayotni sug‘urta qilish tarmog‘ida

10

Majburiy sug‘urta (umumiy sug‘urta yoki hayotni sug‘urta qilish tarmog‘ida)

15

25

35

Faqat qayta sug‘urta

30

35

45

Hujjat 3.08.2019 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid